Logo

Bugun "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlarining navbatdagi davrasi boshlanadi

Aprel 15, 2025. 07:15 • 32 soniya

259
Bugun "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlarining navbatdagi davrasi boshlanadi

DEHLI, 15-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Hindistonning Puna shahridagi "Aundh" xalqaro mashg'ulotlar bazasida VI "Do'stlik" O'zbekiston-Hindiston qo'shma harbiy mashg'ulotlari boshlanmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Seshanba kuni erta tongda navbatdagi qo'shma mashg'ulotlarda ishtirok etish uchun O'zbekiston harbiylari delegatsiyasi Hindistonga yetib keldi.  

2019-yildan beri muntazam tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur o'quv mashg'ulotlari ikki mamlakat o'rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan.

Ular O'zbekiston va Hindistonda navbatma-navbat har yili o'tkazilmoqda. Xususan, 2024-yilda O'zbekiston va Hindiston harbiy mutaxassislari V "Do'stlik" mashg'ulotlari doirasida "Termiz" harbiy poligonida mahorat oshirgan edi.

Qo'shma mashg'ulotlar 28-aprelgacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish