O‘zbekiston va Qatar zamonaviy diplomatik kadrlar tayyorlashda hamkorlik qiladi
Fevral 25, 2026. 12:07 • 57 soniya
• 425
DOHA, 28-fevral. /“Dunyo” AA/. Doha shahrida O‘zbekistonning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Diplomatik akademiyasi va Qatar Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik institut o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
Mazkur hujjatni imzolash marosimi akademiya direktori Abdusamad Haydarovning Qatarga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi. Qatar instituti direktori Abdulaziz Muhammad al-Hur bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida diplomatik xizmat xodimlariga yuqori talablar - kasbiy malaka, tahliliy qobiliyat va zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etilayotganini taʼkidladilar. Bu borada tajriba almashish va ilg‘or metodikalarni joriy etish dolzarbligi qayd etildi.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar akademik almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma trening va seminarlar tashkil etish, shuningdek, xalqaro munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi