Vengriya Milliy soliq va bojxona xizmati bilan hamkorlik izchil rivojlanmoqda
Oktabr 29, 2024. 13:58 • 2 daq
• 218
BUDAPESHT, 29-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Budapesht shahridagi elchixonasi rahbariyati Vengriya bojxona ishlari bo'yicha brigada generali va komissari o'rinbosari Kristof Piter Bakay bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida tomonlar bojxona faoliyatini tartibga solish va ikki davlat o'rtasidagi savdo shartlarini yaxshilash sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Elchi Oybek Shaxavdinov iqtisodiy hamkorlikni rag'batlantirish uchun O'zbekiston va Vengriya bojxona xizmatlari o'rtasida yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish muhimligini ta'kidladi. Bojxona infratuzilmasini takomillashtirish, jarayonlarni raqamlashtirish va bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish chora-tadbirlariga e'tibor qaratildi.
General Kristof Bakay Vengriya O'zbekiston bilan savdo aloqalarini chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi, shuningdek, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda bojxona hamkorligining muhim roliga e'tibor qaratdi.
U O'zbekiston va Vengriya bojxona organlarining Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o'zaro hamkorligi faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Jumladan, Vengriya bojxona boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari 2023-yil dekabr oyida Toshkentda bo'lib o'tgan TDT bojxona organlari rahbarlarining yig'ilishida faol ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi bojxona sohasidagi sheriklikni mustahkamlashga intilish ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi tasdiqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi