Logo

Kitob geoparkini YUNESKO ro‘yxatiga kiritish masalasi muhokama qilindi

Mart 19, 2026. 17:27 • 2 daq

508
Kitob geoparkini YUNESKO ro‘yxatiga kiritish masalasi muhokama qilindi

TOSHKENT, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Toshkentda O‘zbekiston va YUNESKO tashkiloti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Kitob geoparkini YUNESKOning Global geoparklar tarmog‘i ro‘yxatiga kiritish masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralarda O‘zbekiston tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kitob geologiya qo‘riqxonasi hamda YUNESKO huzuridagi vakolatxona vakillari ishtirok etdi. YUNESKO tomonidan esa turli bo‘lim rahbarlari va mutaxassislar qatnashdi.

Tadbir davomida Kitob geoparkini tayyorlash ishlarining hozirgi holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, u YUNESKOning xalqaro tarmog‘iga kiritilgandan keyin bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Geoparkning asosiy vazifalari sifatida barqaror turizmni rivojlantirish, hududning tarixiy va tabiiy merosini targ‘ib qilish hamda uning xalqaro nufuzini oshirish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston vakillari taʼkidlashicha, Kitob geoparkini ushbu tarmoqqa kiritishdan asosiy maqsad – hududning sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish va uni muhim tabiiy hamda ilmiy obyekt sifatida tanitishdir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish