Logo

O‘zbekiston–Misr o‘rtasida energetika va suv sohasida hamkorlik kengaytiriladi

Yanvar 28, 2026. 15:05 • 57 soniya

624
O‘zbekiston–Misr o‘rtasida energetika va suv sohasida hamkorlik kengaytiriladi

QOHIRA, 26-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Misrning “ElSewedy Electric Group” kompaniyasi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida Energetika, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zsuvtaʼminot” AJ, “EGG Energy Construction”, “Uzbekagromashservice” va “AgroTech Service” kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Muzokaralar chog‘ida energiyani boshqarish yechimlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, “aqlli” elektr hisoblagichlarni joriy etish, elektr podstansiyalari va elektr uzatish liniyalarini qurish, modernizatsiya qilish dasturlari muhokama qilindi.

Suv tozalash inshootlari va nasos stansiyalarini barpo etish, modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar hamda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar tegishli soha va tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish