Logo

Londondagi sammitda o‘zbek maktabi xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi

Yanvar 29, 2026. 12:17 • 2 daq

173

Londondagi sammitda o‘zbek maktabi xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi

LONDON, 30-yanvar. /“Dunyo” AA/. Londonda o‘tkazilgan “The World School Summit” va “Cluster of Achievers” xalqaro taʼlim sammitida Andijon viloyatidagi “BILLI” taʼlim muassasasi vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sammit doirasida zamonaviy taʼlim tizimining dolzarb masalalari, jumladan, innovatsion taʼlim yondashuvlari, taʼlim va sunʼiy intellekt integratsiyasi, yetuk va raqobatbardosh avlodni shakllantirish, o‘quv dasturlariga texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Anjumanning panel sessiyalari Oksford universitetida o‘tkazilib, unda taʼlimning global rivojlanish tendensiyalari, kelajak yetuk avlodlarini tayyorlash va bunda texnologiyalarning o‘rni va sunʼiy intellekt imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya parlamenti binosida rasmiy tadbirlar va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda so‘zga chiqqan parlament aʼzosi, baronessa Uddin O‘zbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarni yuqori baholadi.

Tadbir yakunida “BILLI” taʼlim muassasasi yuksak xalqaro eʼtirofga sazovor bo‘ldi va “School of the Year for Shaping a Mature, Future-ready Generation” (“Kelajakka tayyor barkamol avlodni shakllantirish bo‘yicha yil maktabi”) nominatsiyasi bo‘yicha xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish