Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan С gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi turkumi O'zbekistonga yetkazildi
Noyabr 06, 2023. 09:45 • 36 soniya
• 440
QOHIRA, 6-noyabr. /«Dunyo» AA/. Misr hukumati tomonidan mamlakatimiz uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan С gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining navbatdagi turkumi Toshkentga jo'natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu loyiha O'zbekiston Prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakatimiz rahbarining С Gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo'yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
«Sofosbuvir-400mg» dori vositasining navbatdagi turkumini O'zbekistonga jo'natish bo'yicha kelishuv mamlakatimiz diplomatlarining Misr sog'likni saqlash vaziri bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasidir.
Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan С gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarining o'n yettinchi partiyasi shu yil 4 noyabr kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi ko'magida Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi