Logo

Marjona Ko'chimova Budapeshtda o'tayotgan jahon chempionatida kubalik dzyudochi bilan bellashadi

Iyun 18, 2025. 17:10 • 25 soniya

34
Marjona Ko'chimova Budapeshtda o'tayotgan jahon chempionatida kubalik dzyudochi bilan bellashadi

TOSHKENT, 18-iyun. /"Dunyo" AA/. Avval ma'lum qilinganidek, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, chempionatning og'ir vazn toifalaridagi ishtirokchilar bahsiga ham navbat yetib keldi. Jumladan, bugungi bellashuvlarida yurtdoshimiz Marjona Ko'chimova -78 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun gilamga chiqadi.

Marjona Ko'chimova musobaqani kubalik dzyudochi Lianet Kardonaga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish