Mamlakatimiz diplomatlari yordamida vatandoshimizning Ozarbayjondan O'zbekistonga qaytishi ta'minladi
Dekabr 08, 2024. 11:43 • 26 soniya
• 200
BOKU, 8-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari tomonidan Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan hamyurtimiz B.A.ning vatanga qaytishida yordam ko'rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, 28-noyabr kuni yurtdoshimiz yordam so'rab O'zbekiston elchixonasi murojaat qilgan.
Ta'kidlanishicha, B.A. 2022-yilning noyabr oyida ishlash maqsadida Boku shahriga kelgan. Bir necha oy avval ehtiyotsizlik sabab shaxsiy hujjatlari va pul mablag'larini yo'qotgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlari ko'magida vatandoshimizning O'zbekistonga qaytishi uchun ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, homiylar yordami bilan unga "Boku-Toshkent" aviaqatnoviga chipta sotib olib berildi. Hamyurtimiz shu yil 5-dekabr kuni O'zbekistonga uchib ketdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi