Logo

Buyuk Britaniyada ishlashni maqsad qilgan O'zbekiston fuqarolarini kasbiy faoliyatga tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshiriladi

Fevral 26, 2025. 07:31 • 1 daq

187
Buyuk Britaniyada ishlashni maqsad qilgan O'zbekiston fuqarolarini kasbiy faoliyatga tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshiriladi

LONDON, 26-fevral. "Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyadagi "Harrow, Richmond and Uxbridge College" ("HRUC") hukumat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"HRUC" – bir qator sohalarda malakali mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat bozoriga mehnat resurslarini yetkazib berish yo'nalishidagi eng yirik muassasalardan biri hisoblanadi.

Muzokaralar davomida Buyuk Britaniyada talab yuqori bo'lgan jabhalarda o'zbek mutaxassislarini tayyorlash va ularda aniq amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekistonning ushbu yo'nalishdagi imkoniyatlari va hukumat tomonidan xorijda ishga joylashish uchun yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida batafsil so'zlab berildi.

Buyuk Britaniya mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, O'zbekiston fuqarolar uchun moslashtirilgan kasbiy ta'lim modellari xususida fikr almashildi.

Talabalarga zarur ko'nikmalarni bosqichma-bosqich o'zlashtirish imkonini beradigan modulli ta'limni joriy etish, mehnat bozorining dolzarb ehtiyojlariga moslashtirilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini amalga oshirish, o'zbek migrantlarini ish bilan ta'minlashni kafolatlash maqsadida Britaniya ish beruvchilari bilan hamkorlik va ustoz-shogird tizimini integratsiya qilish imkoniyatlariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, ta'lim kurslari, amaliyotlar va keyingi ishga joylashtirishni o'z ichiga olgan davlat-xususiy sheriklik asosida qo'shma dasturlarni tashkil etish mexanizmlari ko'rib chiqildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish