Singapurda O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi
Aprel 29, 2024. 19:02 • 49 soniya
• 230
SINGAPUR, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Singapurda "O'zbekiston: sivilizatsiyalar chorrahasi" deb nomlangan keng ko'lamli roud-shou taqdimoti o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning yangi sayyohlik dasturlari namoyish etilgan tadbir O'zbekiston Turizm qo'mitasi, Milliy PR markazi va yurtimizdagi yetakchi sayyohlik kompaniyalar tomonidan uyushtirildi. Unda Singapur sayyohlik sohasining 60 dan ziyod vakillari, jumladan, turizmni targ'ib qilish va islom turizmiga ixtisoslashgan tashkilotlar, yetakchi turoperatorlar va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Singapur tomonining alohida e'tibori O'zbekistonning tarixiy, madaniy, ziyorat, qishki, gastronomik va ishbilarmonlik turizmi imkoniyatlariga qaratildi.
O'zbekiston san'at ustalari ijrosidagi mumtoz o'zbek kuy va qo'shiqlari hamda raqslar ishtirokchilarga betakror o'zbek milliy madaniyatini his qilish imkoniyatini taqdim etdi.
Roud-shou taqdimoti davomida, shuningdek, ikki davlat sayyohlik kompaniyalari vakillari o'rtasida B2B shaklidagi muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralar natijasida singapurlik sayyohlar uchun O'zbekistonga yangi turlarni tashkil etish bo'yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yil oxirigacha Singapurdan O'zbekistonning qadimiy shaharlariga to'g'ridan-to'g'ri charter reyslarini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi