O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama kun tartibini muhokama qildilar
Avgust 09, 2025. 22:14 • 38 soniya
• 427
TOSHKENT, 9-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan telefon muloqoti o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Bizning keng qamrovli muhokamamiz dinamik ikki tomonlama kun tartibimizning aksariyat mavzularini qamrab oldi.
Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida erishilgan tarixiy kelishuv bilan hamkasbimni tabrikladik. Qo'shma deklaratsiya keng mintaqamizda uzoq muddatli tinchlik va farovonlikni o'rnatishda muhim o'rin tutadi.
Bu, shubhasiz, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o'rtasidagi ko'priklarimizni mustahkamlash uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi".
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi