Logo

O'zbekiston va Belarus TIV rahbarlari o'zbek-afg'on chegarasiga tashrif buyurdilar

Iyun 14, 2025. 15:17 • 30 soniya

159
O'zbekiston va Belarus TIV rahbarlari o'zbek-afg'on chegarasiga tashrif buyurdilar

TERMIZ, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Maksim Rijenkov bugun O'zbekiston-Afg'oniston chegarasida uchrashib, mintaqaviy xavfsizlik, transport-logistika loyihalari va Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri TIV matbuot kotibi Axror Burxanovning telegram-kanalidagi ma'lumotga tayanib.

Uchrashuv chog'ida tomonlar Afg'oniston orqali o'tuvchi savdo yo'llarini kengaytirish, insonparvarlik yordamlarini muvofiqlashtirish va chegaraviy hududlarda barqarorlikni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.


Shuningdek, ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi hamkorlikni mintaqaviy formatlarda yana-da chuqurlashtirish zarurligini ham ta'kidladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish