O'zbekiston va Qirg'iziston TIV rahbarlari Cho'lponotada muzokara o'tkazdilar
Iyul 30, 2025. 20:36 • 43 soniya
• 510
TOSHKENT, 30-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun rasmiy tashrif bilan Cho'lponota shahriga borgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg'iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qirg'iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Strategik hamkorligimizni, ayniqsa savdo, iqtisodiy hamkorlik va chegaraoldi infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo'nalishlarda chuqurlashtirish bo'yicha samarali va ochiq muloqot olib bordik. Shuningdek, mintaqaviy integratsiya va barqaror rivojlanish yo'nalishlarida harakatlarimizni muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildik.
Muzokaralarimiz yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg'iz Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha qo'shma harakatlar rejasi, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2025-2026-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini imzoladik.
Amaldagi ijobiy tendensiya va tashabbuslarni xalqlarimiz uchun uzoq muddatli natijalarga aylantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi