Logo

O'zbekiston va O'mon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida Isroil-Eron mojarosi keskinlashuvining kuchayishi va uning mintaqaviy barqarorlikka ta'siridan xavotir bildirdilar

Iyun 16, 2025. 19:20 • 37 soniya

663
O'zbekiston va O'mon TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida Isroil-Eron mojarosi keskinlashuvining kuchayishi va uning mintaqaviy barqarorlikka ta'siridan xavotir bildirdilar

TOSHKENT, 16-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun O'mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaydiy janoblari bilan telefon orqali samarali muloqot qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ikki va ko'p tomonlama kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashib, O'zbekiston-O'mon munosabatlari misli ko'rilmagan sur'atlarda rivojlanib borayotganini yana bir bor ta'kidladik.

Shuningdek, Isroil-Eron mojarosi keskinlashuvining kuchayishi va uning mintaqaviy barqarorlikka ta'siri to'g'risida fikr almashdik".

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish