O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi
May 19, 2025. 20:50 • 36 soniya
• 1067
TOSHKENT, 19-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Londonda Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muzokaralarimiz O'zbekiston bilan Buyuk Britaniya o'rtasidagi aloqalarni, xalqlarimiz o'rtasidagi chuqurlashib borayotgan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Savdo, ta'lim, xavfsizlik va boshqa sohalarda o'zaro almashinuvlarni jadallashtirish hamda umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun zarur bo'lgan parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish yo'llarini muhokama qildik.
Xalqlar o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish jadal davom etayotgan tashqi siyosatimizning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi