Fransiya elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Avgust 12, 2025. 13:12 • 52 soniya
• 524
TOSHKENT, 12-avgust./ "Dunyo" /. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Fransiya elchisi Oreliya Bushezni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mamlakatimizda o'z faoliyatini yakunlayotgan Fransiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez xonimni bugun TIVda qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – So'nggi yillarda O'zbekiston- Fransiya ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi, mamlakatlarimiz tarixiy marralarga erishdi, davlatlarimiz strategik hamkorlarga aylandi.
Elchi xonimning aloqalarimiz sarhadlarini kengaytirishga qo'shgan doimiy hissasini yuksak qadrlaymiz va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, Oreliya Bushez 2021-yil 27-dekabr kuni O'zbekiston Prezidentiga Fransiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatida ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Fransiya elchisi "Dunyo" AA uchun bergan intervyularidan birida, "O'zbekiston chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo'lidan bormoqda. Bu o'zgarishlar investitsiya, qo'shma korxonalar va savdo sherikliklari uchun yangi ufqlarni ochyapti. Fransiya boshqa muhim tarmoqlar qatori innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida ham boy tajribaga ega bo'lib, bu jarayonda faol ishtirok etishga tayyor", – deya ta'kidlagan edi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi