Rossiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
Iyun 13, 2025. 09:04 • 36 soniya
• 129
TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Mamlakatimizda o'z faoliyatini yakunlayotgan Rossiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginov janoblarini bugun TIVda qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muhokamalarimiz O'zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yana-da rivojlantirish masalalariga bag'ishlandi. Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo'shma tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Janob Elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash departamentining sobiq direktori Oleg Malginov 2021-yil 5-martdan buyon O'zbekistondagi elchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi