Toshkentda O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi
Iyun 13, 2025. 15:24 • 32 soniya
• 83
TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz chog'ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, diplomatik aloqalarni yanada faollashtirish hamda muhim yo'nalishlarda o'zaro manfaatli yangi imkoniyatlarni aniqlash masalalarini muhokama qildik.
2025-yilga mo'ljallangan kun tartibimiz boy bo'lib, xalqlarimiz manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi almashinuvlardan iborat".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi