Daniyaning yangi elchisi O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tdi
Avgust 01, 2025. 13:05 • 59 soniya
• 604
TOSHKENT, 1-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yesper Varni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.

"Daniyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Yesper Var janoblaridan ishonch yorliqlari qabul qildik, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. - Mazmunli suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo'nalishlardagi imkoniyatlarini muhokama qildik. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sheriklikning to'liq salohiyatini ro'yobga chiqarish yo'lida faol hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Daniya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 25-yanvarda o'rnatilgan. E'tiborlisi, Daniya O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan birinchi Yevropa davlati hisoblanadi.
Mamlakatimizga tayinlangan yangi elchi 62 yoshda. Tajribali diplomat Daniya Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va xorijdagi qator elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Isroil, Malayziya va Erondagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2024-yildan beri u Daniyaning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyatini olib borgan.
Yesper Var 2024-2025-yillarda O'zbekistonda diplomatik missiya rahbari sifatida akkreditatsiyadan o'tgan Yakob Xenningsenning o'rniga tayinlandi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi