O'zbekiston TIV rahbari Doha shahrida Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Декабрь 11, 2023. 10:56 • 2 дақ
• 266
TOSHKENT, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Tashrif bilan Dohada bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan uchrashishdan behad mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. -Ikki davlat rahbarlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari va Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari tomonidan erishilgan istiqbolli kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, madaniy diplomatiyani mustahkamlashga e'tibor qaratdik. Ikki tomonlama hamkorligimiz misli ko'rilmagan darajada jadal rivojlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy shu yilning 5-6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi. O'z navbatida, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-2-oktyabr kunlari davlat tashrif bilan Qatarda bo'ldi.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси