Oqtovda mahalla institutini rivojlantirish tajribasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Iyul 17, 2026. 13:00 • 2 daq
• 266
OQTOV, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan vatandoshlar ishtirokida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda mahalla institutining o‘rni, davlat rahbari tashabbusi bilan mahallani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, bandlikni taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar taqdim etildi. Turistik mahallalar faoliyati hamda ularning turizmni rivojlantirish, iqtisodiy faollikni oshirish va aholi bandligini taʼminlashdagi o‘rniga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mahalla institutining jamiyat taraqqiyoti va aholi farovonligini taʼminlashdagi muhim ahamiyatini yuksak baholadilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi