Logo

“Okaz” gazetasi: O‘zbekiston – qadimiy anʼanalar va zamonaviy qulayliklar uyg‘unlashgan makon

Fevral 27, 2026. 12:06 • 56 soniya

61
“Okaz” gazetasi: O‘zbekiston – qadimiy anʼanalar va zamonaviy qulayliklar uyg‘unlashgan makon

AR-RIYOZ, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining eng nufuzli va ommabop nashrlaridan biri – “Okaz” gazetasida mamlakatimiz elchisi Nodirjon Turg‘unovning eksklyuziv intervyusi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Intervyuda diplomat Saudiya jamoatchiligiga yurtimizda muqaddas Ramazon oyining o‘ziga xos anʼanalari, davlatimiz tomonidan diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hamda o‘zbek xalqining boy milliy qadriyatlari haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida elchi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida inson qadrini ulug‘lash va vijdon erkinligini taʼminlash borasidagi tub o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi.

“Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli mamlakatimizda to‘liq diniy erkinlik taʼminlangan. Bu musulmonlarimizga Ramazon oyining barcha amallarini ochiq va munosib tarzda ado etish imkonini bermoqda, – deydi elchi. – Ramazon tadbirlari va Hayit bayramlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha qabul qilinadigan maxsus Prezident farmonlari davlat darajasidagi yuksak eʼtiborning yorqin namuna bo‘lmoqda.

Intervyu yakunida Nodirjon Turg‘unov saudiyalik birodarlarimizni O‘zbekistonga, xususan, Samarqand va Buxoro kabi islom sivilizatsiyasi beshigi bo‘lgan shaharlarga ziyoratga taklif etdi. “O‘zbekiston – qadimiy anʼanalar va zamonaviy qulayliklar uyg‘unlashgan, Ramazon gashtini surish uchun munosib maskandir”, – deya xulosa qildi elchi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish