Logo

Britaniyaning “Lonely Planet” sayyohlik portali O‘zbekiston bo‘ylab 7 kunlik mukammal yo‘nalishni belgilab berdi

Dekabr 25, 2025. 11:52 • 2 daq

956
Britaniyaning “Lonely Planet” sayyohlik portali O‘zbekiston bo‘ylab 7 kunlik mukammal yo‘nalishni belgilab berdi

LONDON, 28-dekabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning nufuzli “Lonely Planet” sayyohlik portali “O‘zbekiston bo‘ylab 7 kun: mukammal yo‘nalish” sarlavhali maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda mamlakat bo‘ylab bir haftalik marshrut taqdim etilgan bo‘lib, unda asosiy shaharlar, diqqatga sazovor joylar, milliy taomlar va sayohatning amaliy jihatlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Maqola muallifining qayd etishicha, O‘zbekiston meʼmorchiligidagi mashhur moviy ranglar — Buxorodagi Mir Arab madrasasining lojuvard gumbazlari, Xivadagi Kalta Minor minorasining feruza tusli jilolardan hayratga tushgan bo‘lsa-da, unda mamlakatning oltin va qahrabo ranglari ko‘proq taassurot qoldirgan. Bular qatorida paxta dalalari, cho‘l manzaralari, Ayoz-Qala minorasidagi quyosh botishi va Ismoil Somoniy maqbarasining jozibali fasadi alohida sanab o‘tilgan.

Shuningdek, maqolada Toshkent, Nukus, Xiva, Buxoro va Samarqand bo‘ylab marshrutlar batafsil tasvirlangan. Madaniy-tarixiy obyektlar — Hazrati Imom majmuasi, I.V.Savisskiy nomidagi muzey, Ichan-Qala, Registon maydoni va Shohi Zinda ansambliga alohida eʼtibor qaratilgan. Muallif mahalliy oshxona, bozorlar, hammomlar va anʼanaviy hunarmandchilik ustaxonalari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.

Maqolaning alohida bo‘limi sayyohlar uchun amaliy maslahatlarga bag‘ishlangan. Unda mamlakatga tashrif buyurish uchun eng maqbul vaqt, transport, aloqa vositalari, kiyinish madaniyati hamda shaharlararo harakatlanish, “Afrosiyob” tezyurar poyezdlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Xulosa o‘rnida taʼkidlanishicha, bir haftalik sayohat O‘zbekistonning asosiy diqqatga sazovor joylari bilan tanishish imkonini beradi. Biroq, mamlakat madaniyati, tarixi va muhitini yana-da chuqurroq his qilish uchun sayohatni kamida 10 kunga rejalashtirish tavsiya etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish