Bir guruh vatandoshlar Qozog‘istondan yurtimizga qaytarildi
Noyabr 30, 2025. 15:02 • 33 soniya
• 267
OLMAOTA, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan bir guruh hamyurtlar yurtimizga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Olmaota shahrida ish beruvchilar tomonidan mehnat haqlari berilmasdan, og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan bu vatandoshlarga konsullik hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.
Bosh konsulxona tomonidan ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan Olmaota–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar sotib olishda ko‘maklashildi.
Ushbu chora-tadbirlar Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdig‘idir.
Yurtimizning hech bir fuqarosi eʼtiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko‘riladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
