Logo

O‘zbekiston TIV rahbari “Markaziy Osiyo – Birlashgan Qirollik” birinchi vazirlar uchrashuvida qatnashdi

Fevral 26, 2026. 23:45 • 43 soniya

86
O‘zbekiston TIV rahbari “Markaziy Osiyo – Birlashgan Qirollik” birinchi vazirlar uchrashuvida qatnashdi

TOSHKENT, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Londonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Londonda Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi Ivett Kuper boshchiligida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Buyuk Britaniya” formatidagi birinchi vazirlar muloqotida ishtirok etdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mazkur muloqot mintaqaning iqtisodiy rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashish, Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollarini muhokama qilish uchun dolzarb va mazmunli platforma bo‘lib xizmat qildi.

Savdo diversifikatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, barqaror infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoning strategik xomashyo resurslari va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish