O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya Respublikasi elchisini qabul qildi
Mart 23, 2026. 16:11 • 59 soniya
• 130
TOSHKENT, 23-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Janubiy Koreya elchisi Von Do Yonni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon janoblarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Yaqin istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashdik, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun hamkorlikni yana-da faollashtirish muhimligini qayd etdik.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishonchli va uzoq yillik sheriklikni alohida taʼkidlab, barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish zarurligiga urg‘u berdik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi