Logo

O‘zbekiston va Seyshel Respublikasi tashqi ishlar vazirlari Umumiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

May 01, 2026. 20:00 • 2 daq

337
O‘zbekiston va Seyshel Respublikasi tashqi ishlar vazirlari Umumiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

TOSHKENT, 1-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora masalalari vaziri Barri For bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Toshkentda Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yo‘llarini atroflicha ko‘rib chiqdik. Siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida qo‘shma mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab oldik. Dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdik.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Seyshel Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Umumiy hamkorlik to‘g‘risida”gi bitimni imzoladik.

Ishonamizki, bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish