Logo

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi

Fevral 03, 2026. 11:45 • 42 soniya

23
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan voyaga yetmagan bolalar Vatanga qaytarildi

MOSKVA, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi, Ichki ishlar vazirligi va ikki davlat Ombudsmanlari hamkorligida O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bolalarning 2 nafari Sankt-Peterburgdan, qolgan 4 nafari Moskva shahri va viloyati, Tatariston hamda Kabardin-Balkar Respublikalaridan qaytarilgan.

Tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idora xodimlari tomonidan bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini aniqlash, vatanga qaytish uchun zaruriy hujjatlarni tayyorlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirildi.

Elchixona hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda amalga oshirgan mazkur tadbirlar natijasida, yurtimiz fuqarolari, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarining himoyasi hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilish yo‘nalishida muhim amaliy natijalarga erishmoqda.

2026-yil yanvar oyida jami 20 nafar voyaga yetmagan fuqarolar o‘z vataniga qaytarildi va mazkur yo‘nalish bo‘yicha kerakli ishlar davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish