O‘zbekiston elchisi Lyublyanada Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vaziri bilan uchrashdi
Iyul 19, 2026. 10:50 • 58 soniya
• 181
LYUBLYANA, 19-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Sloveniya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Tone Kayzer bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Sloveniya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakatning sohaviy idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston – Sloveniya hamkorligini yanada chuqurlashtirishga o‘zaro qiziqish tasdiqlanib, erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarish maqsadida faol ishchi muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi