Logo

Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Mart 01, 2026. 09:10 • 2 daq

101
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi
Vashingtonda vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

VASHINGTON, 1-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan katta iftorlik tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy anjumanda 150 nafardan ortiq vatandoshlar, jamoat va diniy tashkilot vakillari, xorijiy hamkorlar hamda AQSh jamoatchiligi namoyandalari ishtirok etdi. Tadbirni elchi Furqat Sidikov ochib berib, Ramazon oyining insonparvarlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik g‘oyalariga to‘xtaldi hamda xorijdagi yurtdoshlarimizga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik yangi bosqichga ko‘tarilganini taʼkidladi.

Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri O‘zbekiston musulmonlari idorasidan maxsus taklif etilgan imom Muhammadloiq Aminov tomonidan aytilgan azon bo‘ldi. Davlatimiz tomonidan diniy ulamolarning xorijdagi vatandoshlar bilan Ramazon oyini birga o‘tkazish uchun yuborilishi — yurtdoshlarimizga bo‘lgan yuksak maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashning amaliy ifodasi sifatida qabul qilindi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddikov Ramazon fazilatlari va milliy o‘zlikni asrash borasida maʼruza qildi.

Amerikalik hamkorlar, xususan, “Al Bukhari Islamic Center”, “Love Your Neighbor Community” va “Civilizations Exchange and Cooperation Foundation” tashkilotlari rahbarlari O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik va maʼrifiy islohotlarni yuqori baholadilar. Ular konfessiyalararo muloqotni rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasi xalqaro miqyosda namuna bo‘la olishini alohida eʼtirof etdilar.

Iftorlik dasturxoni atrofida to‘plangan vatandoshlarimiz o‘zlarini davlat himoyasida his etayotganliklarini, elchixona tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy amaliy yordam va konsullik xizmatlari sifati oshganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish