Logo

Yaponiyada Sirdaryoning investitsiya va eksport salohiyati namoyish etilmoqda

Yanvar 23, 2026. 12:36 • 37 soniya

127

TOKIO, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Yaponiya poytaxtida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida yetakchi kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Xususan, viloyat hokimi “Momiki Co. Ltd.”, “Farmdo Group” va “Altai Trading” kompaniyalari vakillari bilan hamkorlik aloqalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Muloqot jarayonida Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, “Solar Farm” loyihalarini amalga oshirish, dukkakli ekinlar va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va eksport salohiyatini oshirishning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi. Erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish