Rossiyadan munosabat: O‘zbekiston yetakchisining Vashingtonga tashrifi mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini yanada yuksaltiradi
Fevral 22, 2026. 09:10 • 58 soniya
• 78
MOSKVA, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi E.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Aleksey Yurk “Dunyo” AA muxbiriga uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 17–19-fevral kunlari AQSHga amalga oshirgan tashrifi va Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi:
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi dasturi shuni ko‘rsatadiki, Tinchlik kengashi faoliyati ikki o‘lchovga ega. Ayni paytda uning ishtirokchilari uchun qaysi biri ahamiyatliroq ekanini aytish qiyin.
Bir tomondan, uning asoschisi, AQSH Prezidenti Donald Trampning bayonotlariga ko‘ra, tashkilotning maqsadi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilishdir – avval G‘azoda, keyin esa butun dunyoda. Boshqa tomondan, Tinchlik kengashi sammitlari ishtirokchi davlatlar uchun o‘zaro va AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Bugungi kunda yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyatda ular Amerika yetakchisi va uning rejalariga sodiqligini namoyish etish, shuningdek, o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan Amerika firmalari bilan qator shartnomalar tuzish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligi kerak.
Shunday qilib, O‘zbekiston Prezidentining bu harakatlarini uzoqni ko‘zlab va mamlakatning xalqaro maydondagi mavqeini yaxshilashga qaratilgan qadam sifatida baholash mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
