Ispaniyadan nigoh: O‘zbekiston Yevroosiyo makonidagi eng jadal rivojlanayotgan va ochiq hamkorlardan biriga aylandi
Yanvar 31, 2026. 09:05 • 2 daq
• 90
MADRID, 31-yanvar./ “Dunyo” AA/. San-Pablo SEU universiteti professori, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassis Antonio Alonso “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlari haqida fikr bildirdi:
– Ispaniyadan xalqaro munosabatlar va mintaqaviy rivojlanish jarayonlariga ixtisoslashgan professor sifatida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bilan alohida eʼtibor bilan tanishdim.
Avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy siyosiy qarashlari va izchil yetakchiligi mamlakat tashqi siyosatining tubdan o‘zgarishida hal qiluvchi omilga aylanganini alohida taʼkidlash zarur, deb hisoblayman. Uning rahbarligida O‘zbekiston nafaqat asosiy hamkorlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamladi, balki masʼuliyatli, tashabbuskor va strategik fikrlaydigan davlat sifatidagi nufuzini ham shakllantirdi.
Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol va chuqur o‘ylangan diplomatiyasi tufayli O‘zbekiston–Turkiya munosabatlari nisbatan qisqa tarixiy davrda aniq iqtisodiy, gumanitar va institutsional mazmun bilan to‘ldirilgan keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohasida erishilgan ko‘rsatkichlar uning xalqaro hamkorlik natijadorligi va amaliy samarasini oshirishga qaratilganining bevosita ifodasidir.
Prezident Shavkat Mirziyoyev nafaqat sheriklikning iqtisodiy parametrlariga, balki inson kapitali, taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirishga ham prinsipial ahamiyat qaratayotgani ayniqsa eʼtiborlidir. Buxoroda Rektorlar forumini o‘tkazish, akademik almashinuvlarni kengaytirish va hududlararo aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslar ularning barqaror rivojlanishning uzoq muddatli asoslarini chuqur anglashidan dalolat beradi.
Yevropa akademik hamjamiyati vakili sifatida men ham O‘zbekiston Prezidentining erishilgan kelishuvlarni institutsionallashtirish – “yo‘l xaritalari”, hukumatlararo mexanizmlar va dasturiy yondashuv orqali ifodalangan boshqaruv uslubini yuqori baholayman. Bunday uslub ramziy imo-ishoralarga emas, balki tizimli va o‘lchanadigan natijalarga yo‘naltirilgan rahbarlarga xosdir.
Umuman olganda, Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishining yakunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston Yevroosiyo makonidagi eng jadal rivojlanayotgan va ochiq sheriklardan biriga aylanganini yaqqol tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
