Logo

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakillari Butunjahon bojxona tashkilotining vakolatli 77-sessiyasi ishtirok etmoqda

Mart 19, 2026. 15:58 • 58 soniya

45
O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakillari Butunjahon bojxona tashkilotining vakolatli 77-sessiyasi ishtirok etmoqda

BRYUSSYEL, 19-mart. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 16-20-mart kunlari Butunjahon bojxona tashkilotining shtab-kvartirasida O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi vakillari Timur Abzanov va Yunus Zaitov ishtirokida Uyg‘unlashtirilgan tizim qo‘mitasining 77-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Sessiya doirasida ayrim turdagi tovarlarni tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlarni yagona tizimga keltirish, O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmati tomonidan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq nizoli tovarlarni tasniflash bo‘yicha kiritilgan takliflarni muhokama qilish, shuningdek sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha ovoz berish jarayonlarida ishtirok etilmoqda.

Ayni paytda TIF TNning 2028-yilga mo‘ljallangan yangi tahriri ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayonda O‘zbekiston faol ishtirok etib, tashkilotdan eng so‘nggi o‘zgarishlar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib bormoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish