Logo

Toshkentda sun’iy intellekt etikasi forumi o‘tkaziladi

Mart 12, 2026. 13:00 • 2 daq

321
Toshkentda sun’iy intellekt etikasi forumi o‘tkaziladi

TOSHKENT, 19-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning YUNYESKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi tashabbusi bilan sun’iy intellekt etikasini takomillashtirish bo‘yicha onlayn suhbat tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda yurtimizning YUNYESKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.

YUNYESKOdan Tadqiqotlar, etika va inklyuziya bo‘limi direktori vazifasini bajaruvchi Dafna Faynxols va Ijtimoiy-gumanitar fanlar sektori boshlig‘i Mariagratsiya Skvichcharini qatnashdi.

Muloqot davomida 2026-yil sentyabr oyida Toshkentda sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu xalqaro forumni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi ilk bor 2025-yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNYESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan edi.

Tomonlar sun’iy intellektni rivojlantirish va qo‘llashning texnik va axloqiy jihatlari bo‘yicha fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni ushbu yo‘nalishda YUNYESKO bilan mazmunli va amaliy yo‘naltirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish, O‘zbekiston va YUNYESKO o‘rtasida sun’iy intellektni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish