Logo

O‘zbekiston elchixonasi Iordaniya va Bahrayn hududida bo‘lib turgan vatandoshlardan shaxsiy xavfsizlik choralariga alohida eʼtibor qaratishni so‘radi

Mart 01, 2026. 11:00 • 42 soniya

228
O‘zbekiston elchixonasi Iordaniya va Bahrayn hududida bo‘lib turgan vatandoshlardan shaxsiy xavfsizlik choralariga alohida eʼtibor qaratishni so‘radi

AR-RIYOD, 1-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Iordaniya va Bahrayn hududida bo‘lib turgan vatandoshlarimizga murojaat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Iordaniya va Bahrayn hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan shaxsiy xavfsizlik choralariga alohida eʼtibor qaratishlarini so‘raymiz, – deyiladi murojaatda. – Xususan, aholi gavjum joylar va ommaviy tadbirlardan uzoqroq yurish, harbiy obyektlar joylashgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy hokimiyat organlarining xavfsizlik masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalariga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo yoningizda olib yurishni tavsiya etamiz.

Zarur hollarda O‘zbekistonning Ar-Riyod shahridagi diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Telefon: +966 11 263 52 23.

Favqulodda holatlar uchun: +966 56 721 77 31 (telegram, WhatsApp).

Barchani ehtiyotkorlikka, tinchlik va xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiramiz”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish