Logo

Irkutskdagi vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi

Mart 06, 2026. 13:26 • 2 daq

160
Irkutskdagi vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi
Irkutskdagi vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi
Irkutskdagi vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi

IRKUTSK, 7-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari va o‘zbek diasporasi vakillari hamkorligida Irkutsk viloyatida vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov vatandoshlarga birdamlik, faol hayotiy pozitsiya va vatanidan uzoqda milliy anʼanalarni saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekistonda insonparvarlik tamoyillariga asoslangan tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

Yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor hal etish, Sibir federal okrugi hududida O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Bosh konsulxona bilan doimiy aloqada bo‘lish muhimligi qayd etildi. Yoshlarning buzg‘unchi diniy oqimlarga kirib qolishining oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Irkutskdagi o‘zbek diasporasi rahbari vazifasini bajaruvchi Boburjon Yo‘ldoshev vatandoshlar nomidan O‘zbekiston Prezidentiga xorijdagi vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi.

Xususiy tadbirkor Isroil Yo‘ldoshevning taʼkidlashicha, bunday uchrashuvlar Vatan bilan bog‘liqlikni mustahkamlashga, vatandoshlarni birlashtirishga xizmat qiladi.

Uchrashuvda mamlakatimizda muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish uchun sharoit yaratish, mahallalarni obod qilish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash va xayriya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani eʼtirof etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish