O‘zbek milliy do‘ppisi Londonning diqqatga sazovor joylarida namoyish qilindi
Mart 18, 2026. 18:58 • 2 daq
• 21
LONDON, 18-mart. /“Dunyo” AA/. Londonda vatandoshlar ishtirokida noodatiy ekskursiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda vatandoshlar va xorijliklar London shahridagi Big-Ben, Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, Gayd-park kabi diqqatga sazovor joylarida o‘zbek milliy bosh kiyimi – do‘ppini kiyib, sayr qilishdi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar va yo‘lovchilarga do‘ppi tarixi, uning ramziy maʼnosi va o‘zbek madaniy merosidagi o‘rni haqida maʼlumot berildi. Mahalliy aholi va sayyohlar milliy atributga katta qiziqish bildirib, o‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligi va estetik ifodasini yuqori baholadi.
Bu orqali o‘zbek milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlari va ko‘p asrlik anʼanalariga eʼtibor qaratildi. Tadbir doirasida ko‘plab mahalliy aholi va sayyohlarda o‘zbek milliy bosh kiyimi bo‘lgan do‘ppi katta taassurot qoldirdi.
Mazkur sayr O‘zbekistonning milliy qadriyatlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, madaniy muloqotni rivojlantirish hamda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi