Logo

O‘zbekiston sanoat va infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish jarayoniga Shvetsiyaning ilg‘or muhandislik yechimlarini tatbiq etadi

Mart 01, 2026. 10:00 • 54 soniya

86
O‘zbekiston sanoat va infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish jarayoniga Shvetsiyaning ilg‘or muhandislik yechimlarini tatbiq etadi

STOKGOLM, 1-mart. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda Shvetsiyaning “Vious AB” kompaniyasi menejeri Niklas Samuel Gunnarsson o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda shvetsiyalik hamkorlarga O‘zbekistonda “yashil energetika”, tog‘-kon sanoati va geologiya sohalarini rivojlantirish, shuningdek, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Muzokaralar markazidan Shvetsiyaning ilg‘or tajribasi asosida sanoat obyektlarini loyihalash, texnik audit va qurilish jarayonlarini samarali boshqarish masalalari o‘rin oldi.

Muloqot yakunida Niklas Gunnarsson O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalarida “Vious AB” kompaniyasining ishtirok etish imkoniyatlarini yuqori baholadi. Tomonlar istiqbolli loyiha takliflari bo‘yicha maʼlumot almashish va kompaniya vakillarining 2026-yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

2017-yilda tashkil etilgan “Vious AB” kompaniyasi sanoat va infratuzilma loyihalari sohasida muhandislik-konsalting xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniya loyihalarni boshqarish, texnik qo‘llab-quvvatlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha Yevropa bozorida o‘z o‘rniga ega.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish