O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda
Aprel 12, 2026. 12:53 • 58 soniya
• 117
BUDAPESHT, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiya hamda Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiya vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish, diplomatik kadrlarni tayyorlash sohasida tajriba va amaliyot almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanini taʼkidladi. Xususan, taʼlim dasturlarini rivojlantirish, o‘quv materiallarini almashish, qo‘shma seminar va ilmiy tadqiqotlar tashkil etish hamda akademiyalarning professor-o‘qituvchilari uchun tanishuv tashriflari va stajirovkalar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur muloqot O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik ruhiga to‘la mos kelib, diplomatik taʼlim sifatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi