Logo

O‘zbekiston OTM delegatsiyasi Londondagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

Yanvar 28, 2026. 12:10 • 53 soniya

52
O‘zbekiston OTM delegatsiyasi Londondagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

LONDON, 28-yanvar. /“Dunyo” AA/. London shahrida taʼlim texnologiyalari sohasidagi dunyoning eng yirik tadbirlaridan biri — “Bett UK 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur nufuzli platformada Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi ishtirok etib, taʼlim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rgandi. 40 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi va 800 dan ortiq yetakchi xalqaro kompaniyalarni jamlagan ushbu anjuman taʼlim sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni muhokama qilish uchun asosiy maydonga aylandi.

Tashrif davomida Universitet vakillari xorijiy hamkorlar bilan taʼlim va innovatsiyalar sohasida barqaror aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdilar. Muzokaralar markazidan sunʼiy intellektga asoslangan innovatsion ishlanmalar, taʼlim jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, masofaviy va gibrid taʼlim platformalarini milliy tizimga tatbiq etish masalalari o‘rin oldi.

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida Universitetning rivojlanish konsepsiyasi taqdimot qilinib, taʼlim muassasasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish yuzasidan yetakchi xorijiy OTMlar va kompaniyalar bilan kelishuvlarga erishildi. Bu kabi xalqaro hamkorlik loyihalari O‘zbekiston oliy taʼlim tizimining nufuzini oshirish va taʼlimni zamonaviy talablarga moslashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish