Logo

Britaniyaning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor

Fevral 06, 2026. 18:36 • 40 soniya

75
Britaniyaning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor
Britaniyaning qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor

IPSUICH, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Buyuk Britaniyaning Saffolk grafligiga xizmat safari doirasida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashhur “Claydon Drills” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kompaniya asoschisi va rahbari Jeff Kleydon bilan kechgan muloqotda agrosanoat sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda kompaniya mahsulotlari Yevropa, Avstraliya va Ukraina kabi qishloq xo‘jaligi rivojlangan bozorlarga muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda.

Uchrashuv yakunida Britaniya tomoni Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bozoriga kirishga katta qiziqish bildirdi. Jeff Kleydon yaqin vaqt ichida yurtimizga amaliy tashrif uyushtirish, mahalliy fermer xo‘jaliklari va soha mutasaddilari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish