Polsha bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qator kelishuvlarga erishildi
Dekabr 22, 2025. 11:03 • 59 soniya
• 461
VARSHAVA, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. Polshadagi mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari ushbu mamlakat Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish milliy markazi (KOWR) bosh direktori o‘rinbosari Lutsian Zvolak bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot jarayonida ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
-KOWR o‘ziga tegishli bo‘lgan Mazoviya va Lodz voyevodaliklari chegarasida joylashgan 2 ta binodan birini o‘zarolik tamoyili asosida O‘zbekiston logistika markazi (xab) uchun ajratishi;
-O‘zbekistondan ishchi guruhining Polshaga tashrifi chog‘ida loyiha takliflarini shakllantirish;
-O‘zbekistondan malakali ishchilar yoki agrar universitetlar talabalarini KOWRga tegishli bo‘lgan 40 ta qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan kompaniyalarda mavsumiy ishlarga jalb qilish;
-Polsha kompaniyalarining 2026-yil 1-3-aprel kunlari Toshkentda “UzFood – 2026” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish;
-O‘zbekiston korxonalarining “AGROTECH” (Kelse, 2026-yil 13-15-mart) va “POLAGRA” (Poznan, 2026-yil 23-25-sentyabr) xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish.
Uchrashuv davomida Lutsian Zvolak davlatlar o‘rtasidagi eksport-import aloqalari yildan yilga kengayib borayotganini qayd etdi. Jumladan, 2024-yilda Polshadan O‘zbekistonga 72 million yevro qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, O‘zbekistondan Polshaga ushbu mahsulotlar importi 10 million yevroni tashkil etgan. U mazkur ko‘rsatkichlarni kelgusida 3 barobar oshirishga barcha imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi