Belgradda O‘zbekiston–Serbiya Ishbilarmonlar kengashini tuzish masalasi muhokama qilindi
Dekabr 23, 2025. 09:15 • 30 soniya
• 383
BELGRAD, 24-dekabr. /“Dunyo” AA/. Belgradda mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov va Serbiya Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Militsa Kandich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda ikki mamlakatning tegishli tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Muloqot chog‘ida Serbiya kompaniyalarining qo‘shma biznes-forumlarda ishtirok etish rejalari tasdiqlandi va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shma Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy darajada muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi