O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida birinchi charter yuk reysi amalga oshirildi
Mart 13, 2026. 20:53 • 59 soniya
• 147
LAHOR, 13-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida oziq-ovqat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni birinchi charter yuk reysi amalga oshirildi. deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:10 da Lahor shahridan uchib kelgan “Boeing 737” samolyoti orqali “Toshkent” xalqaro aeroportiga oziq-ovqat mahsulotlarining partiyasi, jumladan 17 tonna go‘sht yetkazib berildi.
Ushbu loyiha doirasida kelgusida yuk tashish hajmini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan. Keyinchalik bir reysda tashiladigan yuk miqdorini 100 tonnagacha yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etish joizki, birinchi yuk reysi Pokistonning “Air Eagle” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Bu tashabbus “Air Speed Charter” charter aviakompaniyasi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, kelgusida aynan shu kompaniya yuklama hajmi yuqori bo‘lgan reyslarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi