Polsha bilan agrar sohadagi hamkorlik yana-da kengaytiriladi
Fevral 22, 2026. 10:00 • 46 soniya
• 138
VARSHAVA, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Aʼzamxo‘jayev Polsha qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vaziri Stefan Krayevskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralarda Polsha bosh veterinariya shifokori Pavel Meyer va Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash milliy markazi (KOWR) bosh direktori o‘rinbosari Lusyan Zvolak ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Stefan Krayevskiyning 2025-yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi va Qo‘shma ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgani taʼkidlandi.
Tomonlar erishilgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilishi agrar sohadagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi va o‘zaro savdo hajmini yana-da oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Polsha tomoni 2026-yil 1–3-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “UzFood 2026” xalqaro ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
Ikki tomonlama sheriklikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan logistika infratuzilmasini rivojlantirish va savdo oqimlarini diversifikatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
