Logo

Rossiyadan munosabat: O‘zbekiston mintaqaning transport-logistika xaritasi belgilanadigan markazga aylanmoqda

Dekabr 30, 2025. 14:08 • 2 daq

81
Rossiyadan munosabat: O‘zbekiston mintaqaning transport-logistika xaritasi belgilanadigan markazga aylanmoqda

 MOSKVA, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. MDH mamlakatlari instituti O‘rta Osiyo va Qozog‘iston bo‘limi boshlig‘i, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Andrey Grozin O‘zbekiston Prezidentining parlament va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi haqida fikr bildirdi:

– Fikrimcha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi nafaqat kelajak uchun qo‘yilgan qadam, balki O‘zbekistonni modernizatsiya qilishda o‘ziga xos dasturilamal bo‘ldi.

O‘zbekiston aholi soni, yirik iqtisodiyoti, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashdagi o‘rni, geografik jihatdan markaziy joylashuvi jihatidan Markaziy Osiyoning asosiy tayanch davlati hisoblanadi.

2016 yildan boshlab O‘zbekiston yetakchisi mintaqada sovet hokimiyati davridan beri bo‘lmagan keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlanganini eʼlon qildi. O‘zbekiston iqtisodiyotida jiddiy islohotlar boshlandi. Toshkent O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish foydali va xavfsiz ekanini butun dunyoga yaqqol namoyish etmoqda.

Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi: O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomada iqtisodiyotda misli ko‘rilmagan natijalarga erishilganini qayd etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston tom maʼnoda butun mintaqaning transport-logistika xaritasi belgilanadigan va shakllantiriladigan markazga aylandi. Murojaatnomada ko‘rsatilgan respublika transport tizimini yanada rivojlantirish yo‘llari O‘zbekistonning butun mintaqaning transport-logistika markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, O‘zbekiston hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilish, uning yangi tashqi va ichki siyosati butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy rivojlanishini jiddiy jadallashtirishga xizmat qildi.

O‘zbekiston rahbarining mamlakat har qanday vazifani faqat xalq birdamligiga tayangan holda hal etishi mumkinligi haqidagi fikrini alohida taʼkidlagan bo‘lardim. O‘zbekiston Prezidenti mamlakat xalqi tarixan barcha murakkab davrlarda, avvalo, birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayanib yashaganini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish