Logo

O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga o'rik danagi mag'zi eksporti yo'lga qo'yildi

Aprel 21, 2025. 10:37 • 28 soniya

118
O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga o'rik danagi mag'zi eksporti yo'lga qo'yildi

LONDON, 21-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekistondan Buyuk Britaniyaga ilk marotaba o'rik danagi mag'zi eksport qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mahsulotning dastlabki partiyasi shu yil 18-aprel kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining "Toshkent-London" yo'nalishidagi reys orqali London shahriga yetkazib berildi.

O'zbekistonda yetishtirilgan o'rik danagi mag'zi Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotilishi ko'zda tutilmoqda.

Hozirgi kunda respublika korxonalari tomonidan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi tovarlar, xususan, uzum, quritilgan va konservalangan meva hamda sabzavotlar, yong'oq, qovun va dukkakli mahsulotlar eksporti amalga oshirilayapti.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish