Yekaterinburgda O'zbekiston va Rossiya hududlari tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o'tkaziladi
Sentabr 04, 2024. 09:46 • 36 soniya
• 151
YEKATERINBURG, 4-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Jaxongir Parmanov Ural savdo-sanoat palatasi prezidenti Andrey Besedin bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston hududlari va Sverdlovsk viloyati o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bosh konsul O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat yo'nalishlaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari haqida so'zlab berdi.
O'zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida Yekaterinburg shahri va mamlakatimiz viloyatlaridagi yirik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum va ular o'rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni sentyabr oyida o'tkazish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Bo'lajak biznes-forumga respublikamizda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan yirik tadbirkorlar taklif qilinadi hamda o'zbek milliy mahsulotlarining ko'rgazmasi tashkil etiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi